Xiaomi’dan kutilmagan yangilik: Android 17 va HyperOS’dagi o‘zgarishlar
Android Developer dasturi operatsion tizimning kelgusi versiyasidan erta foydalanish imkoniyatini beradi va nomidan ko’rinib turibdiki, dasturchilar o’z ilovalarini yangi dasturiy muhitda sinab ko’rishlari mumkin. Biroq, bu galgi nashr Xiaomi’ning HyperOS qobig‘i uchun nomlash strategiyasi o‘zgarganidan darak bermoqda.
Ko’rinishidan, Xiaomi HyperOS 4 versiyasiga sakrab o’tmaydi, balki Android 17 bilan birga HyperOS 3.3 talqinini taqdim etadi. Kompaniya nima uchundir HyperOS 3.2 versiyasini o’tkazib yubormoqda.
Android 17 va HyperOS’ning ilk sinov versiyasi (Developer Preview) yangi HyperOS dizayni uchun poydevor qo‘yilganini ko‘rsatmoqda. Biroq, kelajakda nimalar kutayotganini aniqroq tushunish uchun keyingi nashrlarni kutishimizga to‘g‘ri keladi.
Qo’shimcha ma’lumotlar va Android 17 Developer Preview uchun tegishli ROM yuklab olish havolalarini quyidagi manba orqali topishingiz mumkin.