UZ PARKING UNDERGROUND
Boshqa o’yinlardan farqli o’laroq, bizning o’yinimiz sizga ajoyib grafika, sensorli boshqaruv orqali parkovka jarayonini oson boshqarish, shuningdek, avtomobilning ichki va tashqi holatini baholash uchun yaqinlashtirish imkoniyatiga ega turli xil kamera ko’rinishlarini taqdim etadi! Bundan tashqari, haydash vaqtida o’zingizni haqiqiy avtomobil salonidagidek his qilib, istalgan tomonga qarashingiz mumkin. Biz sizga reallikka imkon qadar yaqin bo’lgan yuqori sifatli o’yin olamini taklif etamiz. Ushbu o’yin shunchaki vaqt o’tkazish uchun mo’ljallanmagan. Siz o’yindan zavqlanish va haydash mahoratingizni oshirish bilan birga, avtomobilni qanday to’g’ri parkovka qilishni ham o’rganasiz.
ASOSIY XUSUSIYATLARI:
FAQAT MAHALLIY MASHINALAR — Eksklyuziv ravishda o’zimizning milliy avtomobillar.
PARKOVKA RADARI — To’siqlarni masofadan aniqlash tizimi.
SALONDAN KO’RINISH — Avtomobil ichidan turib boshqarish imkoniyati.
DETALLASHGAN INTERYER — Sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan salon dizayni.
REALISTIK YUQORI SIFATLI GRAFIKA — Haqiqiy hayotga yaqin vizual tasvirlar.
TURLI BOSHQARUV USULLARI — Rul, tugmalar yoki ekranni og’dirish (tilt) orqali boshqarish.
TURLI KAMERA REJIMLARI — Vaziyatni har tomondan kuzatish uchun turli burchaklar.
YO’L BELGILARINI O’RGANISH — Qiziqarli muhitda yo’l harakati qoidalarini o’rganing
Barcha versiyalar