Shadow Fight 2 — bu RPG va klassik yakkama-yakka jang (Fighting) janrlarining hayajonli qorishmasidir. O‘yin qahramoningizni son-sanoqsiz o‘lim keltiruvchi qurollar va noyob sovutlar bilan jihozlash, shuningdek, o‘nlab jonli ko‘rinishdagi jangovar san’at usullarini qo‘llash imkonini beradi. Dushmanlaringizni yakson qiling, iblis boshliqlarni (bosslarni) yer tishlating va Soyalar darvozasini yopuvchi qahramonga aylaning. G‘alaba sari yo‘lni zarbalar, sakrashlar va keskir qurollar bilan bosib o‘tishga kuchi yetadiganlar bormi? Buni bilishning faqat bitta yo‘li bor.
O‘yinning asosiy xususiyatlari:
Yangi animatsiya tizimi yordamida hayratlanarli darajada realistik detallar bilan ishlangan epik jang sahnalariga sho‘ng‘ing.
Maxsus sensorli ekranlar uchun mo‘ljallangan yangi jangovar interfeys va oson boshqaruv yordamida dushmanlaringizni tor-mor qiling.
“Underworld” (Ostki dunyo) ga kiring va do‘stlaringiz bilan birga dahshatli bosslarga qarshi kurashing!
Qiziqarli syujetga boy, adreanalinni oshiruvchi ushbu jangovar RPG o‘yinida qabih iblislar bilan to‘la olti xil dunyo bo‘ylab sayohat qiling.
Jangchingizni afsonaviy qilichlar, nunchaki, sovutlar, sehrli kuchlar va boshqa anjomlar bilan shaxsiylashtiring.
Barcha versiyalar